«samarqand viloyati iib» tegli maqolalar


Samarqandda bolalarini qiynab, videoga olgan ona harakati bo‘yicha ma’lumot berildi
17 mart 2023, 22:54

Samarqandda bolalarini qiynab, videoga olgan ona harakati bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol o‘z bolalarini qiynayotgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyat IIBga ko‘ra, 23 yoshli kattaqo‘rg‘onlik ayol hozirda Rossiyada bo‘lgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgan va turmush o‘rtog‘iga yuborgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Samarqandda fermer 6 gektar yerni $170 mingga sotishga uringani aytilmoqda
25 aprel 2022, 11:49

Samarqandda fermer 6 gektar yerni $170 mingga sotishga uringani aytilmoqda

Pastdarg‘om tumanida fermer 6 gektar yerni noqonuniy tarzda 170 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Gumondor yer maydonini fuqaro nomiga tuman hokimligidagi tanishlari orqali rasmiylashtirishni va’da qilganligi aytilmoqda.

Mahalla vaziri Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
12 fevral 2022, 16:16

Mahalla vaziri Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

2020 yildan beri mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri sifatida faoliyat yuritgan Rahmat Mamatov Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U mehnat faoliyati davomida Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari IIB tizimida turli lavozimlarda, shuningdek ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi homiladorligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
26 noyabr 2021, 16:33

Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi homiladorligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda akasining ishini «ijobiy hal qilish» uchun IIB xodimiga $5 ming bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
2 avgust 2021, 18:06

Samarqandda akasining ishini «ijobiy hal qilish» uchun IIB xodimiga $5 ming bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda PSR-testi natijasini soxtalashtirib sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning ukasi «holatni rasmiylashtirmaslik va ishni ijobiy tomonga hal qilib berish» uchun IIB xodimiga 5 ming dollar bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Fuqaroga $13 ming evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan soliq inspektori va fermer qo‘lga olindi
18 may 2021, 16:39

Fuqaroga $13 ming evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan soliq inspektori va fermer qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida fuqaroga 13 ming AQSH dollari evaziga 15 gektar yer maydonini olib bermoqchi bo‘lgan tuman soliq inspektori va fermer qo‘lga olindi.

Samarqandda 500 gramm «opiy» giyohvandlik vositasini 5 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
16 mart 2021, 08:17

Samarqandda 500 gramm «opiy» giyohvandlik vositasini 5 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati IIB xodimlari 500 gramm «opiy» giyohvandlik vositasini 5 ming dollarga sotayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting